Forbes versiyasiga ko‘ra, Jeyms Kemeron birinchi marta milliarderga aylandi

E’lon qilingan sana· 175
Forbes versiyasiga ko‘ra, Jeyms Kemeron birinchi marta milliarderga aylandi

Jurnal uning shaxsiy boyligini taxminan 1,1 milliard dollarga baholagan.

“Titanik” va “Avatar” filmlari rejissyori Jeyms Kemeron milliarderlar klubiga qoʻshildi. Forbes jurnali uning shaxsiy boyligini taxminan 1,1 milliard dollarga baholagan, bu esa 71 yoshli rejissyorni tarixdagi eng muvaffaqiyatli va tijoriy jihatdan ta’siri katta kinoijodkorlardan biriga aylantiradi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Kemeron kapitalining katta qismi filmlarining kassa muvaffaqiyati, foydadagi ishtiroki, litsenziyasi va Lightstorm Entertainment kompaniyasidagi ulushi tufayli shakllangan. Shu bilan birga, rejissyorning o‘zi yaqinda “milliarder bo‘lishni xohlasa-da”, har doim ham maksimal daromadni ko‘zlab bitimlar tuzmasligini, ijodiy nazoratni afzal ko‘rishini tan olgandi.

Forbes’ning ta’kidlashicha, Kemeron milliarder rejissyorlarning o‘ta tor doirasiga kiradi, ilgari unga Jorj Lukas, Stiven Spilberg, Piter Jekson va Tayler Perri kabi shaxslar kirgan. Uning filmlari jahon prokatida 9 milliardga yaqin mablag‘ to‘plagan va 18-dekabrda chiqishi rejalashtirilgan “Avatar 3” premyerasi unga qo‘shimcha ravishda 200 millionga yaqin daromad keltirishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling