"Jujutsu Kaisen" animesining uchinchi mavsum treyleri chiqarildi

Uchinchi mavsum "Yoʻq qilish oʻyini" arkasiga asoslangan
MAPPA animatsiya studiyasi “Jujutsu Kaisen” animesining uchinchi mavsumining rasmiy treylerini e’lon qildi.
Uchinchi mavsum ikkinchi mavsum tugagan joydan davom etadi, sehrgarlar yana bir bor sirli raqib tomonidan uyushtirilgan ulkan, halokatli oʻyinga jalb qilinadi. Syujet Yuji Itadori, Megumi Fushiguro va ularning ittifoqchilarining jujutsu dunyosiga tahdid soluvchi kuchlarga qarshi kurashiga qaratilgan. Ushbu davomiy mangadagi eng shiddatli va harakatlarga boy boʻlgan “Yoʻq qilish oʻyini” arkasiga asoslangan. Opening qismida King Gnuning “AIZO” qoʻshigʻi ijro etiladi.
“Jujutsu Kaisen” 2020-yilda debyut qilingan va tezda dark fentezi va jang elementlarini birlashtirgan holda janrdagi eng mashhur seriallardan biriga aylandi.
Anime premyerasi 2026-yil 8-yanvarda Yaponiyada boʻlib oʻtadi, Yaponiya premyerasidan koʻp oʻtmay, xalqaro miqyosda Crunchyrollda namoyish etiladi.