"Аватар: Пламя и пепел" filmi Oʻzbekistonda ilk haftada qariyb 2,5 milliard soʻm daromad keltirdi

E’lon qilingan sana· 393
"Аватар: Пламя и пепел" filmi Oʻzbekistonda ilk haftada qariyb 2,5 milliard soʻm daromad keltirdi

Ikki kun ichida filmga 27 440 tomoshabin tashrif buyurgan.

Walt Disney studiyasining “Аватар: Пламя и пепел” filmi o‘tgan dam olish kunlari eng ko‘p daromad keltirgan film bo‘ldi. O‘zbekistonda birinchi dam olish kunlarida 2 495 447 850 so‘mlik chiptalar sotildi. Bu taxminan 207 ming AQSH dollariga teng. Uni kinoteatrlarda 27 440 muxlis tomosha qilgan.

Shanba va yakshanba kunlari an’anaviy ravishda eng koʻp tomoshabin keladigan kunlar hisoblanadi. Masalan, o‘tgan shanba kuni 3917 nafar tomoshabin 332 890 750 so‘m daromad keltirgan.

Film mamlakat boʻylab 11 ta kinoteatrda namoyish etilmoqda, ulardan 7 tasi Toshkentda, 2 tasi Buxoroda va bittadan Andijon va Samarqandda. 11 ta kinoteatrdan 10 tasi kassa hisobotini taqdim etgan.

Viloyatlar orasida tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha Samarqand shahri yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinda Buxoro shahri, uchlikni esa Andijon shahri yakunlagan.

Avvalroq Jeyms Kemeron franshizasining uchinchi qismi prokatning birinchi kunida 36,5 million dollar, AQShda esa mos ravishda 88 million dollar yig‘gani haqida xabar berilgan edi. Ilk dam olish kunlarida AQSh va butun dunyo bo‘ylab prokatni hisobga olgan holda filmning umumiy daromadi 345 million dollarni tashkil etgan.

Muallif: Eldar Yo'ldoshev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling