Marvel "Qasoskorlar: Qiyomat kuni" filmidan lavha taqdim etdi

Filmda Qasoskorlar, vakandaliklar, Fantastik Toʻrtlik, Yangi Qasoskorlar va Gʻaroyib odamlarni yangi tahdid - Doktor Dumga qarshi kurashish uchun birlashadi.
Marvel Studios Stiv Rojersga bagʻishlangan “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmidan lavha chiqardi.
“Qiyomat kuni” — Qasoskorlar jamoasi haqidagi asosiy turkumning beshinchi qismi va Marvel kinoolamining oltinchi bosqichidagi eng muhim boblardan biri hisoblanadi. Film Qasoskorlar, vakandaliklar, Ajoyib to‘rtlik, Yangi Qasoskorlar va Gʻaroyib odamlarlarni yangi xavf — Doktor Dum bilan kurashish uchun birlashtiradi. Syujetga ko‘ra, qahramonlar nafaqat Yerga, balki butun multi-olamga xavf soluvchi ulkan tartibsizlikga duch kelishadi.
“Qasoskorlar: Abadiyat jang” va “Qasoskorlar: Intiho” filmlarini suratga olgan Entoni va Jo Russo rejissyorlik qilmoqda. Ssenariy mualliflari Maykl Uoldron va Stiven Makfilidir.
Film premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan.