"Sehrlandiya" kinoteatrlarda namoyish etila boshladi

E’lon qilingan sana· 487
"Sehrlandiya" kinoteatrlarda namoyish etila boshladi

O‘zbekiston kinoteatrlarida 25-dekabrdan ilk 3D to‘liq metrajli multfilm “Sehrlandiya"ning namoyishi boshlandi. Mazkur loyiha Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, film syujeti do‘stlik, yovuzlikka qarshi birgalikda kurashish, qo‘rquvni yengish va jasorat, yaxshilik hamda yomonlik o‘rtasidagi azaliy jang singari mavzulardan iborat.

Multfilm qahramonlariga ovoz berishda mashhur aktyor Alisher Uzoqov, Jahongir Xoʻjayev, mitti.me vayn jamoasi a’zolari Ulugʻbek va Abdurahim hamda dublyaj ustasi Badriddin Husniddinovlar ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Afisha.uz'ning “Kino” boʻlimi orqali ushbu multfilm uchun chiptalarni xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling