“Avatar: Fire and Ash” dunyo boʻylab 1 milliard dollardan oshiq daromad qildi

E’lon qilingan sana· 459
“Avatar: Fire and Ash” dunyo boʻylab 1 milliard dollardan oshiq daromad qildi

Jeyms Kemeron suratga olgan “Avatar: Fire and Ash” filmi kinoteatrlarga chiqqaniga 18 kun bo‘lishiga qaramay, dunyo bo‘ylab 1 milliard dollardan ortiq daromad yig‘di. Bu haqda “Variety” nashri xabar berdi.

Filmning umumiy kassasi 1,083 milliard dollarni tashkil etmoqda: shundan 306 million dollar AQSh ichki bozori, 777,1 million dollar esa xalqaro prokat hissasiga to‘g‘ri keladi.

Taqqoslash uchun, “Avatar: The Way of Water” (2022) milliardga 14 kunda, 2009-yilda chiqqan ilk “Avatar” esa 17 kunda erishgan edi. Shunga qaramay, har ikkala film tarixdagi eng katta daromadli kinokartinalardan biri bo‘lib qolgan: birinchi “Avatar” 2,9 milliard dollar, ikkinchi qism esa 2,3 milliard dollar yig‘gan.

Film Disney studiyasi uchun ham muhim yutuq bo‘ldi. “Avatar: Fire and Ash” — 2025-yilda Disney’ning 1 milliard dollardan oshgan uchinchi loyihasi bo‘lib, undan avval “Lilo & Stitch” va “Zootopia 2” ham shu marrani zabt etgan edi. Umuman olganda, Disney 2025-yilda 6,58 milliard dollardan ortiq global daromad bilan bozor yetakchisiga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling