"Emili Parijda" serialining 6-mavsumi ham chiqadigan boʻldi

Netflix striming xizmati “Emili Parijda” (“Emily in Paris”) serialini oltinchi mavsumga uzaytirdi. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.
Anons aks etgan videoni serialning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkaunti ham e’lon qildi. Unda bosh rol ijrochisi Lili Kollinz kruassanida “6” raqami yozilgan shamni puflaydi.
18-dekabrda e’lon qilingan beshinchi mavsumda qahramon Italiyaga yo‘l olgan: u Venetsiya va Rimda bo‘ldi. Uning boshlig‘i Silvi Emilini “Agence Grateau” marketing agentligining Rimdagi filiali rahbari etib tayinladi. Shu bilan birga, ijodkorlar qahramonning Parij bilan aloqasi uzilmasligiga ishora qilishgan.
Oltinchi mavsumda Emili Gretsiyaga yo‘lishi taxmin qilinmoqda. Beshinchi mavsumning so‘nggi epizodida uning sobiq sevgilisi Gabriel unga Gretsiyaga kelish taklifi bilan otkritka yuboradi.