"Rapunzel” multfilmining film talqini uchun asosiy aktyorlar e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 761

Disney’ning mashhur “Rapulzel” multfilmining film talqini yana ishlab chiqilmoqda. Asosiy qahramonlar Rapunsel va Flin Rayder rollarini Tigan Kroft va Maylo Manheym ijro etishi rasman tasdiqlandi.
Tigan Kroft DC’ning “Titans” serialidagi Reyven roli orqali yaxshi tanilgan. Shuningdek, Netflix’ning “True Spirit” filmida yosh dengizchi Jessika Vatson obrazini ijro etgan. Maylo Manheym esa Disney’ning “Zombies” franshizasi orqali mashhurlikka erishgan hamda “Dancing with the Stars” shousining 27-mavsumida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Filmga rejissyor Maykl Greysi boshchilik qiladi. Ssenariy muallifi Jennifer Kaytin Robinson, prodyuser esa Kristin Burr. Hozircha filmning suratga olish jarayoni va premyera sanasi e’lon qilinmagan.