"Oltin Globus - 2026" mukofoti gʻoliblari e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 91
"Oltin Globus - 2026" mukofoti gʻoliblari e'lon qilindi

AQShning Beverli-Hillz shahrida “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotning asosiy g‘oliblari “One Battle After Another” filmi va “Adolescence” seriali bo‘ldi. Ikkalasi ham to‘rttadan mukofotni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Oltin globus"ni Pol Tomas Anderson, Timoti Shalame va Vagner Moura ham qo‘lga kiritdi. Ular uchun bu mukofotlar faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. Bu yil mukofotsiz qolgan loyihalar orasida “Frankenstein”, “The Diplomat”, “The Beas” va “Wednesday” bor.

Gʻoliblar toʻliq roʻyxati:

  • Eng yaxshi film (drama) — “Hamnet”
  • Eng yaxshi film (musiqiy yoki komedik) — “One Battle After Another”
  • Eng yaxshi aktyor (drama) — Vagner Morua (“The Secret Agent”)
  • Eng yaxshi aktrisa (drama) — Jessi Bakli (“Hamnet”)
  • Eng yaxshi aktyor (musiqiy yoki komedik) — Timoti Shalame (“Marty Supreme”)
  • Eng yaxshi aktrisa (musiqiy yoki komedik) — Rouz Birn (“If I Had Legs I’d Kick You”)
  • Eng yaxshi rejissyor — Pol Tomas Anderson (“One Battle After Another”)
  • Eng yaxshi xorijiy film — “The Secret Agent”
  • Eng yaxshi animatsion film — “KPop Demon Hunters”
  • Eng yaxshi ssenariy — Pol Tomas Anderson (“One Battle After Another”)
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor — Stellan Skarsgard (“Sentimental Value”)
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa — Tiyana Teylor (“One Battle After Another”)
  • Eng yaxshi original soundtrek — Lyudvig Gornasson (“Sinners”)
  • Eng yaxshi qoʻshiq — “Golden” (“KPop Demon Hunters”)
  • Eng yaxshi teleserial (drama) — “The Pitt”
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor — Noa Uayli (“The Pitt”)
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Rey Sixorn (“Pluribus”)
  • Eng yaxshi teleserial (musiqiy yoki komediya) — “The Studio”
  • Musiqiy yoki komedik serialdagi eng yaxshi aktyor — Set Rogen (“The Studio”)
  • Musiqiy yoki komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa — Jin Smart (“Hacks”)
  • Eng yaxshi telefilm, serial yoki mini-serial — “Adolescence”
  • Mini-serial/antalogiy/telefilmdagi eng yaxshi aktrisa — Mishel Uilyams (“Умираю, как хочу секса”)
  • Mini-serial/antalogiy/telefilmdagi eng yaxshi aktyor — Stiven Grem (“Adolescence”)
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa — Erin Doerti (“Adolescence”)
  • Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor — Ouen Kuper (“Adolescence”)

2025-yilda “Oltin Globus” mukofotoni Edrian Broudi bosh rolni ijro etgan “Brutalist” filmi qoʻlga kiritgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling