"Bride" filmining toʻliq treyleri e'lon qilindi

Bu "Bride of Frankenstein" klassik hikoyasining zamonaviy talqini.
Warner Bros. “Bride of Frankenstein” klassik hikoyasining zamonaviy versiyasi boʻlgan “Bride” filmining birinchi toʻliq treylerini chiqardi.
Film Frankenshteyn maxluqi va uning o‘ziga hamroh yaratish harakati haqida hikoya qiladi. 1930-yillarda Chikagoda u olima doktor Yefroniusga murojaat qiladi. Doktor unga Kelin deb nomlangan o‘ldirilgan ayolni jonlantirishga yordam beradi. Biroq natija kutilganidan farq qiladi: jonlangan qahramon o‘z irodasi, ehtirosi va taqdiriga ega bo‘ladi. Bu esa romantik, xavfli va ijtimoiy ahamiyatga ega voqealarga sabab bo‘ladi.
Loyihani Meggi Jillenhol sahnalashtirgan. Bosh rollarda: Kelin obrazini Jessi Bakli, Frankenshteyn maxluqini esa Kristian Beyl ijro etgan. Shuningdek, aktyorlar tarkibida Piter Sarsgard, Annet Bening, Penelopa Kruz va Jeyk Jillenhol ham bor. Ssenariyni yozgan va rejissyorlik qilgan Meggi Jillenhol (“Qora ritsar” filmi ijodkori).
Film premyerasi 6-martga rejalashtirilgan.