Hans Zimmer "Garri Potter" seriali uchun saundtrek yozadi

Hans Zimmer va uning Bleeding Fingers Music kompaniyasi HBO tomonidan suratga olinayotgan “Garri Potter” seriali uchun musiqa yozish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Variety xabar berdi.
Saundtrek “Garri Potter"ning musiqiy an’analari bilan bog‘liqlikni saqlab qolishi, ovozni keng ko‘lamli serial formatida qayta ko‘rib chiqishi kerak. Zimmerning aytishicha, u va Bleeding Fingers Music kompozitorlari o‘z zimmasiga qanday mas’uliyatli vazifa olganini juda yaxshi tushunadi.
“Sehr hamma joyda, ko‘pincha esa shundoqqina yonginamizda bor, biroq Garri Potter dunyosida bo‘lgani kabi, uni ko‘ra bilish kerak. Umid qilamizki, bu musiqa tomoshabinlarga avval yaratilgan ijod namunalariga hurmatni saqlagan holda sehrli olamga biroz yaqinroq bo‘lishga yordam beradi”, — deydi Zimmer.
Franshiza filmlari uchun musiqani ilgari Jon Uilyams (“Falsafa toshi”, “Maxfiy xona”, “Azkaban mahbusi”), Patrik Doyl (“Olov kubogi”), Nikolas Xuper (“Qaqnus ordeni”, “Chalazod shahzoda”) va Aleksandr Despla (“Ajal tuxfalari”) yozgan.
Zimmerning so‘nggi ishi “F1” filmining saundtreki bo‘lib, bu uchun musiqachi Oskar mukofoti roʻyxatiga kiritilgan. Tez orada uning musiqasi yangraydigan “Eyforiya” serialining yangi mavsumi va “Dyuna” filmining uchinchi qismi premyera qilinadi.