"Yilning eng yomon filmi" nominatsiyasi uchun nomzodlar e'lon qilindi

Yilning “Eng yomon filmi” uchun taqdim etiladigan “Oltin malina” mukofoti uchun nomzodlar e’lon qilindi. Nominatsiyalar bo‘yicha yetakchilar Disney’ning “Oppog‘oy” filmi va Timur Bekmambetov prodyuserlik qilgan “War of the Worlds” remeyki bo‘ldi.
“Oppog‘oy” eng yomon film va eng yomon remeyk, rejissyorlik va ssenariy nominatsiyalarida “Oltin malina"ga da’vogarlik qilmoqda. CGI yordamida yaratilgan yetti gnom bir vaqtning o‘zida ikkita nominatsiyaga sazovor bo‘ldi. Bular, “Eng yomon ikkinchi plandagi rol” va “Eng yomon aktyorlar kombinatsiyasi"dir.
Ays Kyub va Yeva Longoriya bosh rollarni ijro etgan “War of the Worlds” kinokartinas eng yomon film, remeyk, rejissyorlik, ssenariy, aktyorlar kombinatsiyasi nominatsiyalari, shuningdek, aktyorlik nominatsiyasida “mukofot” uchun kurashadi.
Eng yomon film bo‘lish uchun boshqa da’vogarlar orasida “Hurry Up Tomorrow” psixologik trilleri, “Star Trek: Section 31” fantastik jangari filmi va Netflix’ning sarguzasht janridagi “The Electric State” kinosi oʻrin olgan. Soʻnggi filmda bosh rolni “Stranger Things” seriali bilan tanilgan Milli Bobbi Braun ijro etgan.
“Oltin malina” mukofoti gʻoliblari Oskar taqdirlash marosimidan bir kun oldin e’lon qilinadi.