Jujutsu Kaisen'ning oxirgi qismi IMDb’da rekord o‘rnatdi

Jujutsu Kaisen animesi yana bir bor muxlislar e’tiborining markaziga aylandi. Serialning 3-mavsum, 4-qismi “Perfect Preparation” IMDb platformasida 9.8/10 natija qayd etib, loyihaning eng yuqori baholangan epizodiga aylandi.
Mazkur ko‘rsatkich nafaqat Jujutsu Kaisen tarixidagi eng yuqori reytingli qismga, balki IMDb’dagi eng yuqori baholangan animelar orasida ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Hozircha 9.9 ball bilan faqat uchta anime seriyalari yetakchilik qilmoqda. Bular “Vinland Saga”, “Avatar: The Last Airbender” va “Hunter x Hunter"ning muhim qismlari.
Bu qismnning yuqori baholanishiga Maki Zenin bilan bog‘liq. Tomoshabinlar va tanqidchilar Makining yangi holatini Toji Fushiguro bilan bevosita qiyoslamoqda. Ikkala qahramon ham Heavenly Restriction tufayli la’nat energiyasidan deyarli xoli bo‘lib, evaziga g‘ayrioddiy jismoniy kuch, tezlik va sezgi qobiliyatiga ega. Bu o‘xshashlik tasodifiy emas. Jujutsu Kaisen muallifi Akutami Gege manga izohlarida Makining yangi holatini “Tojining haqiqiy vorisi” sifatida konseptual tarzda yaratganini ta’kidlagan.

Shuningdek, oxirgi qismdagi muhim burilish nuqtasi, kuchli jang sahnalari va ayrim kinohavolalar (“Kill Bill” filmiga ishoralar) sababli muxlislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Shu bilan birga, qiziqarli jihati shundaki, G‘arb tomoshabinlarining keskin ijobiy bahosiga qaramay, Yaponiyada 4-qismga nisbatan ayrim tanqidiy fikrlar ham bildirilmoqda.
Hozircha Jujutsu Kaisenning 3-mavsumida atigi 4-qism namoyish etilgan. Mavsum “Culling Game” boʻlimiga bag‘ishlanib, taxminan 12−13 qismdan iborat ikki qismga bo‘linishi kutilmoqda. Bu esa serial oldinda yana reyting rekordlarini yangilashi mumkinligini ko‘rsatadi.