Henri Kevill va Jeyk Jillinhol ijrosidagi Gay Richining yangi filmi bahorda premyera qilinadi
E’lon qilingan sana: · 178

Bahorgi kinopremyeralar taqvimiga yana bir yirik reliz qo‘shildi. Gay Richi rejissorligidagi “In the Grey” filmi premyera kuni e’lon qilindi.
Guy Ritchie tomonidan yozilgan va suratga olingan original jangari filmda Henri Kevill, Jeyk Jillenhol, Eyza Gonzalez, Kristofer Hivyu, Fisher Stivens va Rosamund Payk rol ijro etgan. Hozircha filmning rasmiy treyleri chiqmagan.
Syujet markazida yashirincha ishlaydigan juda kuchli maxfiy guruh haqida. Voqealar Bir milliard dollarlik mablag‘ shafqatsiz diktator tomonidan o‘g‘irlangach boshlanadi. Shunda aynan shu maxfiy guruhga pulni qaytarib olish vazifasi yuklanadi. Bu topshiriq juda xavfli, hatto tirik qolish ehtimoli juda past.
Film premyerasi 10-aprel kuniga rejalashtirilgan.