"Qattiqqoʻl xonim 2" filmining ilk treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 105
"Qattiqqoʻl xonim 2" filmining ilk treyleri e'lon qilindi

Aktyorlar tarkibida birinchi filmdagi barcha asosiy aktyorlar bor: Enn Xeteuey, Meril Strip, Emili Blant va Stenli Tuchchi.

20th Century Studios moda olami haqidagi 2006-yilgi mashhur fimning uzoq kutilgan davomi boʻlgan “Qattiqqioʻl xonim 2” filmining birinchi treylerini taqdim qildi.

Voqealar birinchi filmdan 20 yil oʻtgach sodir boʻladi. Bosh qahramon Endi Saks “Runway” moda jurnaliga muharriri sifatida qaytadi va yangi qiyinchiliklarga duch keladi. Syujet jurnalning yopilish xavfi, shiddatli ichki nizolar va oʻtmish bilan toʻqnashuv, jumladan, Miranda Pristli bilan toʻqnashuv atrofida aylanadi.

Film yana bir bor Devid Frankel rejissyori boʻlib, ssenariy muallifi Alin Brosh Makkenna — asl filmning ijodiy jamoasi. Aktyorlar tarkibida birinchi filmdagi barcha asosiy aktyorlar bor: Enn Xeteuey, Meril Strip, Emili Blant va Stenli Tuchchi.

Filmning xalqaro premyerasi 2026-yil 1-mayda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling