Pol Tomas Anderson AQSh rejissyorlar gildiyasi bosh mukofotini oldi

E’lon qilingan sana· 96
Pol Tomas Anderson AQSh rejissyorlar gildiyasi bosh mukofotini oldi

Los-Anjelesda Amerika rejissyorlar gildiyasi mukofotining 78-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Variety xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu mukofotni qo‘lga kiritish Oskarni qo‘lga kiritish uchun yuqori imkoniyat yaratadi.

Asosiy nominatsiyalarda gʻoliblar roʻyxati:

  • To‘liq metrajli filmdagi eng yaxshi rejissyor: Pol Tomas Anderson (“One Battle After Another”);
  • Eng yaxshi debyut film rejissyori: Charli Polinjer (“The Plague”);
  • Dramatik serialda eng yaxshi epizod rejissyori: Amanda Marsalis (“Pitt”, “6:00 PM” epizodi);
  • Komedik serialda eng yaxshi epizod rejissyori: Set Rogen va Evan Goldberg (“The Studio”, “The Oner” epizodi);
  • Eng yaxshi hujjatli film rejissyori: Mstislav Chenrov (2000 Meters to Andriivka).

To‘liq metrajli filmdagi eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida besh nafar nomzodga Rejissyorlar gildiyasining medalyonlari topshirildi. Ularga filmlarni yaratishda ishtirok etgan odamlar sovrinni topshirdi.

Jumladan, Pol Tomas Anderson Leonardo Di Kaprio, Gilyermo del Toro (“Frankenshteyn”) Jeykob Elordi, Josh Safdi (“Marty Supreme”) Timoti Shalame, Xloya Chjao (“Hamnet”) Stiven Spilberg, Rayan Kugler (“Sinners”) Maykl B.Jordandan mukofotni qabul qilib oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Pol Tomas Anderson AQSh rejissyorlar gildiyasi bosh mukofotini oldi — Toshkent Afishasi