Fevralda Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi filmlar — 2026

Agar yanvar oyi shov-shuvli startlar bilan oʻtgan boʻlsa, fevral oyida premyeralar ro‘yxati ancha mo‘tadil boʻladi.
Fevral — kino taqvimida yangi premyeralar bir-birini ortda qoldirishga intilmaydigan, balki turli talablarga ega tomoshabinlar uchun muvozanatli dasturni shakllantiradigan kamdan-kam oylardan biri. Unda taniqli aktyorlar ishtirokidagi dramalardan tortib, qo‘rquv, jinoyat yoki romantika haqidagi hikoyalargacha koʻrish mumkin. Yoqimli tomosha!

Jeyson Steythem… barcha “erkaklar” pabliklarida eng muhim nom. Bu aktyorning oʻzi alohida shakllangan janrga o‘xshaydi. Uning ekrandagi obrazi allaqachon hammaga tanish boʻlib ulgurgan: oʻz oʻtmishiga ega professional, axloq o‘rniga kodeksga amal qiladigan va zo‘ravonlikdan yomon odamlar bilan muloqot tili sifatida foydalanadigan qahramon. Ushbu film ham bu obrazni dekonstruksiya qilishga yoki qayta ko‘rib chiqishga urinmaydi, balki uni sof holda qayta taqdim etishni afzal ko‘radi.
Sinopsis: bo‘ron paytida bir qizni qutqarganidan so‘ng, orolda yolgʻiz yashaydigan insonning hayoti barbod bo‘ladi. Bola nishonga aylanadi, uzlatdagi odam uzoq yillar qochib yurgan o‘tmish esa, nihoyat, ta’sir qilishni boshlaydi. Endi ikkalasi ham tabiiy ofat va tahdidlardan qochishi kerak, bu yerda har bir qadam kurash yoki g‘oyib bo‘lishga urinish o‘rtasidagi tanlovdir.

Ouen Egerton oʻz hikoyasi asosida ssenariy yozdi va “The Nun” filmi rejissyori Korin Xardi uni ekranlashtirdi. Ya’ni, ikkalasi ham qoʻrqinchli filmlar nima ekanini yaxshi biladi, bu yerda yovuzlik nega mavjud ekani tushuntirilmaydi, balki u shunchaki bor. Va bu darhol ohangni belgilab beradi: loyiha oʻz ko‘lami bilan qo‘rqitishga intilmaydi, balki sekin-astalik bilan kuchayib boradi.
Sinopsis: Yuqori sinf o‘quvchilari guruhi atsteklarning o‘lim hushtagini topib oladi va xavf keltirib chiqaradi. Uning ovozi uyg‘otadi va halokatga chorlaydi. Qurbonlar soni ortib borar ekan, ular beixtiyor boshlagan mash’um voqealar zanjirini to‘xtatish umidida artefakt tarixini o‘rganadi.

Rejissyor Bart Leyton (“American Animals”) yana jinoiy materialga murojaat qilib, janrli kino va hujjatli film o‘rtasida muvozanatni saqlaydi. Filmga Don Uinslouning (“Savages”, “Setup”) novellasi asosida ssenariy yozilgani ham ma’lum ohangni belgilaydi: minimum romantika, maksimum sovuq hisob-kitob. Aktyorlar tarkibida Kris Xemsvort, Mark Ruffalo, Xolli Berri va Barri Keoganni koʻrish mumkin.
Sinopsis: qo‘lga tushmas o‘g‘ri Devisning mashhur 101-magistral bo‘ylab qilgan talonchiliklari politsiyani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi. U “butun umrga tatiydigan zarba” bo‘lishi kerak bo‘lgan so‘nggi ishini rejalashtirayotganda, hayotidagi burilish nuqtasini boshdan kechirayotgan umidsiz sug‘urta brokeri Sheronga duch keladi. Ular o‘rtasidagi kutilmagan hamkorlik qat’iyatli detektiv Luning e’tiborini tortadi, u har qanday holatda ham ishni ochishga intiladi.

Yana va yana romantika! Aytish mumkinki, bu “klassik asarning navbatdagi ekranizatsiyasi”, ammo film afsonaviy kitob qayta fikrlash uchun material sifatida tobora ko‘proq ishlatilayotgan bir paytda premyera qilinmoqda. Shuning uchun ham kinokartina “voqeani boshqatdan hikoya qilib berishga” o‘xshamaydi, balki tomoshabinni yana toksik hissiy muhitga sho‘ng‘itishni niyat qilgani seziladi. Bunda sevgi allaqachon romantik tuyg‘u emas, balki vayronkor kuchdir.
Sinopsis: “Boʻronli dovon” mulkining egasi janob Ernsho uyga qaytayotganida yo‘lda yolg‘iz yetim bolani oʻzi bilan olib keladi. Shunday qilib, Xitkliff uy, oila va yaqin do‘stga ega bo‘ladi — yigit uy egasining qizi Ketrinni sevib qoladi. Janob Ernsho vafotidan keyin uy Ketrinning ukasi Hindliga meros bo‘lib qoladi. Butun umri davomida Xitkliffga nisbatan nafrat va rashkni his qilgan Hindli yigitni uyda faqat xizmatkor sifatida qoldiradi.

Bu “Sony Pictures Animation"ning yangi oilaviy multfilmidir. Loyiha sport tarixi haqida hikoya qilishi bilan niqoblangan boʻlsa-da, aslida maksimal darajada motivatsion hikoya sifatida ishlaydi. Basketbolchi Stiven Karri tomonidan asos solingan Unanimous Media studiyasi ham loyiha prodyuserlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Sinopsis: Uill Xarris eng katta va kuchli hayvonlar oʻynaydigan kontaktli sport turi boʻyicha professionalga aylanish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi. Uning yangi jamoadoshlari tarkibda bunday kichik hayvon borligidan xursand emas, ammo Uill sportni butunlay o‘zgartirmoqchi.

“Hamnet” odatiy bayopiklar mantigʻidan tashqariga chiqadi. Bu “Shekspir” haqidagi hikoya ham, “Gamletning"ning ekranizatsiyasi ham emas, balki jahon adabiyotining asosiy fojialaridan biri kelib chiqqan shaxsiy, og‘riqli tarixga nazar tashlashga urinishdir. Rejissyor Xloya Chjao bo‘lib, uning uchun “Hamnet” shov-shuvli to‘qnashuvlardan tashqarida, ichki kechinmalar va jarohatlarga bo‘lgan qiziqishning mantiqiy davomi bo‘lib tuyuladi. Film Meggi O‘Farrellning xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan. Bosh rollarda Jessi Bakli va Pol Meskal.
Sinopsis: oʻgʻli Hamnetning vafotidan so‘ng Agnes bolalari bilan Stratfordda qoladi, Uilyam Shekspir esa o‘zining eng buyuk asarlaridan biriga aylanadigan pyesani yozish uchun Londonga qaytadi.

“Король и Шут. Навсегда” Rossiyadagi mashhur pank rok guruhi haqidagi hikoyani shu nomdagi serial bilan boshlagandi. Endi esa kinoolam toʻliq metrajli filmlar bilan boyitilmoqda. Loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri serial bilan bog‘liq va uning estetikasini rivojlantiradi, guruh ijodi atrofidagi afsonalar hikoya qilinadi. Film guruhni bilmaydigan tomoshabinni qiziqtirishi dargumon, ammo oʻz auditoriyasi uchun bu mantiqiy hisoblanadi.
Sinopsis: “Король и Шут” pank olami halokat yoqasida. Ertaklar olamiga aqldan ozgan Nekromant tomonidan tiriltirilgan o‘liklar xavf solmoqda. Yovuz odamni yengish uning yaratuvchilari — o‘lim tomonidan birlashtirilgan doʻstlardan boshqa hech kimga nasib etmaydi.

“Крик 7” filmi franshiza allaqachon o‘z-o‘zini kinoya qilish, qayta ishga tushirishga urinish va boshqa narsalardan keyin premyera qilinmoqda. Endi film umuman bu franshiza nima uchun mavjudligini davom ettirmoqda degan savolga javob berishga majbur. Ammo asosiy voqea Niv Kempbellning Sidni Preskott roliga qaytishi va kinokartinada original “Крик” ssenariysi muallifi Kevin Uilyams ishlagani boʻlmoqda.
Sinopsis: Sidney Preskott yangi hayot qurgan sokin shaharchada Arvoh yuzli qotil paydo bo‘lganda, uning eng dahshatli qo‘rquvlari haqiqatga aylanadi: uning qizi navbatdagi nishonga aylanadi. Sidney o‘z oilasini himoya qilishga intilib, qon to‘kilishiga butunlay chek qo‘yish uchun o‘tmish qoʻrqinchlariga duch keladi.

Mana, yuqori moda haqidagi film. Qahramonlar esa undan bosim, yolg‘izlik va hokimiyat makoni sifatida foydalanadi. Rejissyor Alis Vinokur (“Proxima”) hisoblanadi. Uni kasblar emas, balki ular keltirib chiqaradigan psixologik zo‘riqish qiziqtiradi. Bosh rolda esa Anjelina Joli.
Sinopsis: nyu-yorklik rejissyor Maksin Parijga uchib keladi. U yuqori moda haftaligining sahna orti haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda. U suratga olish jarayonida shovqin-suronga va glamur dunyosidan uzoq bo‘lgan hayotiy hikoyalarni soʻzlaydigan qahramonlar orasiga shoʻngʻiydi. Uning suratga olishdagi sherigi chiroyli va jozibali operator Anton boʻlib, ularning kasbiy ittifoqi tezda shaxsiy masalaga aylanadi.

Taniqli rejissyor Mamoru Xosoda (“Девочка, покорившая время”) tomonidan yozilgan va uning oʻzi rejissyorlik qilgan anime film uchun ijodkor Studio Chizu, Nippon Television va Columbia Pictures kabi studiyalar bilan to‘rt yildan ortiq birga ishladi. Animeni Uilyam Shekspirning “Gamlet” tragediyasida birinchi marta yangragan mavzularning erkin talqini sifatida ko‘rish mumkin. Film allaqachon xalqaro festivallar, jumladan, Venetsiya xalqaro kinofestivali dasturidan joy olishga ulgurgan va endi keng miqyosda namoyish etilmoqda.
Sinopsis: qilichboz malika Skarlet otasining oʻlimi uchun Klavdiy amakidan qasos olish maqsadida xavfli sayohatga chiqadi. Qasos olishga urinish muvaffaqiyatsiz tugaydi va Skarlet zaharlanib vafot etadi. Uyg‘onganidan so‘ng, u o‘zini O‘liklar mamlakatida — turli davrlardan kelgan marhumlar kiradigan joyda koʻradi. Kutilmaganda Klavdiy ham o‘sha yerda bo‘lib chiqadi va bu dunyoning hukmdoriga aylanadi. Qiz yana undan o‘ch olishga qasam ichadi.