Illumination "Minions & Monsters" multfilmining birinchi treylerini e'lon qildi

Illumination Studios rasman “Minions & Monsters” animatsion komediyasining ilk treylerini taqdim etidi.
“Minions & Monsters” filmining syujeti 1920-yillarda Gollivudda bo‘lib o‘tadi: uchta minon kino yulduzi bo‘lish uchun orzularidagi kino shahriga borishadi, lekin tasodifan sehrli afsunlar kitobini topib, maxluqni chaqirishadi, bu esa bir qator kulgili falokatlar va tartibsizliklarga olib keladi. Qahramonlar o‘z la’natining oqibatlarini bartaraf etish va vaziyatni saqlab qolish uchun birlashishlari kerak.
Ushbu loyiha franshizadagi yettinchi toʻliq metrajli qism boʻlib, Gruning sariq yordamchilar haqidagi hikoyani davom ettiradi. Franshiza yaratuvchilaridan biri Per Koffin minionlardan biriga ovoz berishda davom etadi.
Multilm 1-iyul kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan.