Bred Pitt ishtirokidagi "Formula 1" filmining ikkinchi qismi suratga olinadi

E’lon qilingan sana· 1 362
Bred Pitt ishtirokidagi "Formula 1" filmining ikkinchi qismi suratga olinadi

“Formula 1” filmi prodyuseri Jerri Brukxaymer kinokartinaning davomi suratga olinishini tasdiqladi. Bu haqda Brukxaymer “BBC"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Prodyuser loyihani amalga oshirish muddatini aytishdan yoki kasting tafsilotlarini tasdiqlashdan bosh tortgan. U, shuningdek, Pitt o‘z roliga qaytishi yoki qaytmasligi haqida ham javob bermagan.

“Biz (filmni) davom ettirish ustida ishlayapmiz”, — degan Brukxaymer.

“Formula 1” filmining ikkinchi qismi suratga olinishi haqidagi mish-mishlar 2025-yilning kuzidan boshlangandi. Rejissyor Jozef Kosinski dramaning davomini suratga olish istagini bildirgandi. Noyabr oyida Kosinski muddatlar haqidagi savolga jamoa ijodiy izlanishlar bosqichida ekanini aytgandi.

Iyul oyi boshida “Formula 1” filmi Apple TV’ning eng yuqori daromad keltirgan kinosiga aylangandi. U Ridli Skottning “Napoleon” (221 mln dollar) va Martin Skorsezening “Killers of the Flower Moon” (158 mln dollar) filmlarini ortda qoldirgandi.

Filmning AQShdagi premyerasi 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. Syujetga ko‘ra, sobiq “Formula 1” poygachisi Sonni Xeys (Bred Pitt) to‘qsoninchi yillarda jiddiy avariyadan so‘ng trekni tark etadi, ammo yillar o‘tib, vunderkind poygachi Joshua Pirsga (Damson Idris) murabbiy bo‘lish uchun qaytib keladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Bred Pitt ishtirokidagi "Formula 1" filmining ikkinchi qismi suratga olinadi — Toshkent Afishasi