Oʻzbekistonda robototexnika haqida “Impuls” filmi suratga olinmoqda

Zamonaviy robototexnika mavzusida suratga olinadigan yangi “Impuls” nomli film ishlanmoqda. Bu haqda kinokartina rejissyori Sardor Faxriddinov Afisha.uz'ga xabar berdi.
Rejissyor Sardor Faxriddinov avvalroq xonanda Jahongir Otajonovning kliplarini suratga olgani bilan tanilgan. U, shuningdek, filmning ssenariy muallifi ham hisoblanadi. Bundan tashqari, ssenariy mualliflari orasida Sarvar Karimov ham bor.
“Impuls” — bu 15 yoshli Zafar ismli maktab o‘quvchisining ichki o‘sishi va orzulari haqida hikoya qiluvchi oilaviy komediya va drama hisoblanadi. Robototexnika musobaqasiga tayyorgarlik jarayonida u do‘stlik, qo‘rquv va mas’uliyat bilan yuzma-yuz keladi. Film yutish haqida emas — o‘z yo‘lingdan voz kechmaslik haqida.
Ta’kidlanishicha, filmning suratga olish ishlari hali boshlanmagan.