Netflix Bred Pitt ishtirokidagi "Once Upon a Time... in Hollywood" spin-offining tizerini chiqardi

E’lon qilingan sana· 130
Netflix Bred Pitt ishtirokidagi "Once Upon a Time... in Hollywood" spin-offining tizerini chiqardi

Netflix kutilmaganda Kventin Tarantinoning “Once Upon a Time… in Hollywood” klassik asarining spin-offi boʻlgan “The Adventures of Cliff Booth” filmining birinchi tizerini taqdim qildi. Klip Super Bowl LX translyatsiyasi paytida efirga uzatildi.

Loyiha rejissyori Devid Fincher boʻlib, Bred Pitt kaskadyor Kliff But rolini qayta ijro etadi. Tizerda qahramon birinchi filmning finalidagi voqealarni, jumladan, Manson guruhiga hujumni eslaydi, shundan so‘ng tomoshabinga yangi filmning uzuq-yuluq sahnalari ko‘rsatiladi. Bu sahnalar loyihaning uslubini ta’kidlaydigan kinoyali vizual senzura bilan taqdim etiladi.

Filmda shuningdek, Timoti Olifant, Elizabet Debiki, Yahya Abdul-Matin II, Karla Gugino, Holt MakKallani va boshqalar rol oʻynagan. Tarantino ssenariyni muallifi va prodyuser.

“The Adventures of Cliff Booth” filmining premyera sanasi hali ma’lum qilinmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling