"Oʻyinchoqlar tarixi 5" multfilmining treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 489
"Oʻyinchoqlar tarixi 5" multfilmining treyleri e'lon qilindi

Pixar kompaniyasi “Oʻyinchoqlar tarixi” multfilmining beshinchi qismi treylerini e’lon qildi. Animatsion film premyerasi 19-iyunga mo‘ljallangan.

Bu safar qahramonlar bolalarning e’tiborini tortgan eng zamonaviy dushman — gadjetlarga duch keladi. Bosh antagonist “Beef” seriali yulduzi Greta Li tomonidan ijro etilgan Lilipad ismli yangi qahramon bo‘ladi.

“Baz, Vudi, Jessi va qolgan guruhning ishi hozirgi kunda bolalarda urf bo‘lgan elektronika bilan to‘qnashganda xavf ostida qoladi!”, — deyiladi multfilm sinopsisida.

Multfilm ustida rejissyor Endryu Stenton (“Nemoni izlab”, “WALLE”) ishlamoqda. Tom Xenks (Vudi) va Tim Allen (Bazz Layter) o‘z qahramonlari uchun ovoz berishga qaytgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling