Netflix "Peaky Blinders: The Immortal Man" filmining birinchi treylerini e'lon qildi

Killian Merfi yana bir bor bosh rolni ijro etadi.
Netflix afsonaviy “Peaky Blinders"(Shelbilar oilasi) serialining “The Immortal Man” deb nomlangan davomi uchun birinchi treylerni taqdim etdi.
Film voqealari 1940-yilda, Ikkinchi jahon urushi davrida yuz beradi. Serial yakunidan so‘ng o‘z ixtiyori bilan quvg‘inlikda yurgan Tommi o‘z o‘tmishi oqibatlari bilan yuzma-yuz kelish, shuningdek, oilasi va mamlakatini yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarlardan himoya qilish uchun Birmingemga qaytishga majbur bo‘ladi.
Film serial ssenariysi muallifi Stiven Naytning ssenariysi asosida Tom Hayper (Wild Rose, Peaky Blinders) tomonidan suratga olingan. Merfidan tashqari, aktyorlar tarkibida Rebekka Ferguson, Tim Rot, Stiven Grem, Sofi Randl, Ned Dennexi, Paki Li, Ian Pek, Jey Likurgo va Barri Keoghan bor.
Film 20-mart kuni Netflix’da namoyish etiladi.