2026-yilgi BAFTA mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 581

Kechaning eng ko‘zga ko‘ringan filmi "One Battle After Another" bo‘lib, u oltita mukofotni qo‘lga kiritdi.
Londonda Buyuk Britaniyaning asosiy kino mukofoti — British Academy Film Awards’ning (BAFTA) 79-taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
An’anaga ko‘ra, marosim Royal Festival Hall’da bo‘lib o‘tdi. Marosimni shotlandiyalik artist Alan Kamming olib bordi.
BAFTA-2026 ning asosiy g‘oliblari:
- Eng yaxshi film: “One Battle After Another”;
- Eng yaxshi rejissyor: Pol Tomas Anderson (“One Battle After Another”);
- Eng yaxshi aktyor: Robert Aramayo (“I Swear”);
- Porlayotgan yulduz: Robert Aramayo (“I Swear”);

- Eng yaxshi aktrisa: Jessi Bakli (“Hamnet”);
- Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor: Shon Penn (“One Battle After Another”);
- Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa: Vunmi Mosaku (“Sinners”);
- Eng yaxshi original ssenariy: “Sinners” (Rayan Kugler);

- Eng yaxshi animatsion film: “Zootopia 2”;
- Eng yaxshi Britaniya filmi: “Hamnet”;
- Eng yaxshi hujjatli film: “Mr. Nobody Against Putin”;
- Ingliz tilida boʻlmagan eng yaxshi film: “Sentimental Value”;
- Eng yaxshi original musiqa: “Sinners”.
Bundan tashqari, Donna Lengli kino sanoatga qo‘shgan hissasi uchun BAFTA stipendiyasiga sazovor bo‘ldi va Kler Binns kinematografiyaga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Britaniya mukofotiga sazovor bo‘ldi.