"Wednesday" seriali uchinchi mavsumining ilk tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 216
"Wednesday" seriali uchinchi mavsumining ilk tizeri e'lon qilindi

Netflix “Wednesday” serialining uchinchi mavsumi ilk tizerini e’lon qildi. Premyera 2027-yilga moʻljallangan.

Qisqa rolikda serialning bosh qahramonlari va ularni ijro etuvchi aktyorlarning ism-shariflari keltirilgan. Aktyorlar tarkibiga Tim Byorton bilan birga koʻp bora ishlagan Vaynona Rayder ham qo‘shiladi. Aktrisaning qahramonining ismi Tabita bo‘ladi. U epizodik rolda paydo bo‘ladi.

Tim Byorton Rayderni yaqin do‘sti deb atagan va u serialning gotika dunyosiga organik ravishda mos kelishini ta’kidlagan.

“Men Vaynona qo‘shilganidan juda xursandman, u „Wednesday“ dunyosiga juda mos keladi. U mening qadrdon doʻstim. U bilan yana ishlayotganimdan juda xursandman”, — degan rejissyor.

“Wednesday"ning uchinchi mavsumi ham chiqarilishi Netflix tomonidan 2025-yilning yozida, ikkinchi mavsum boshlanishidan oldin tasdiqlangan edi. Suratga olish ishlari Irlandiyada bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling