DC’ning “Lanterns” serialining birinchi treyleri chiqarildi

E’lon qilingan sana· 180
DC’ning “Lanterns” serialining birinchi treyleri chiqarildi

Ushbu serial yangilangan DC Universe kitobining "Xudolar va maxluqlar" deb nomlangan birinchi bobining bir qismi boʻladi.

DC Studios va HBO “Lanterns” serialining ilk treylerini e’lon qildi. Bu DC komikslaridagi Yashil Fonuslar Korpusiga bag‘ishlangan yangi loyihadir. Ushbu serial yangilangan DC Universe kitobining “Xudolar va maxluqlar” deb nomlangan birinchi bobining bir qismi boʻladi.

Syujet markazida Yashil Fonuslar Korpusining ikki galaktikalararo politsiyachisi — tajribali faxriy Hel Jordan va yangi xodim Jon Styuart turadi. Ularning AQShning Nebraska shtatidagi sirli qotillik yuzasidan olib borgan tergovi qahramonlarni nafaqat Yerga, balki butun galaktikaga xavf solishi mumkin bo‘lgan kengroq fitnaga olib chiqadi. Serial mualliflari uni “True Detective” kabi loyihalardan ilhomlangan.

Bosh rollarni ijro etganlar: Kayl Chendler — afsonaviy Yashil Fonus Xel Jordan; Aaron Per — Korpusga yangi qabul qilingan Jon Styuart; Neytan Fillion — “Supermen” filmida ilk bor ko‘rinish bergan yana bir Yashil Fonus — Gay Gardner; Kelli Makdonald — sherif Kerri. Loyiha shouranneri Kris Mandi, ssenariy mualliflari va prodyuserlari orasida esa Deymon Lindelof (“Watchmen”) hamda DC komikslari bilan ishlagani tufayli tanilgan Tom King bor.

Serial yoz oxirida HBO va Max striming kanallarida namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling