"The Boys" serialining soʻnggi mavsumi uchun yangi treyleri chiqarildi

E’lon qilingan sana· 677
"The Boys" serialining soʻnggi mavsumi uchun yangi treyleri chiqarildi

Treylerdagi asosiy burilish - barcha superqahramonlarni yoʻq qilishga qodir virusdan foydalanishga tayyor boʻlgan Billi Butcherning qaytishi.

Amazon Prime Video “The Boys” serialaining beshinchi va yakuniy mavsumi uchun yangi treylerini e’lon qildi. Serial oddiy odamlar va qudratli “superlar” o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qiladi.

Treylerda amalda Xoumlender hukmronligi ostiga tushib qolgan dunyo ko‘rsatiladi. Mamlakat qo‘rquv va total nazorat muhitiga g‘arq bo‘ladi, ko‘plab qahramonlar esa chorasiz ahvolda qoladi: Xyui, Marvin Milk va Frenchi rejim dushmanlari saqlanayotgan “ozodlik lageri"ga tushadi. Ayni paytda Starlayt yashirincha qarshilik harakatini tashkil etishga urinadi. Barcha superqahramonlarni yo‘q qilishga qodir virusni qo‘llashga tayyor Billi Butcherning qaytishi asosiy burilish nuqtasi bo‘ladi. Uning rejasi butun dunyoni o‘zgartirib, odamlar va “superlar” o‘rtasidagi ko‘p yillik mojaroga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan voqealar zanjirini boshlab beradi.

Treylerda shuningdek, yangi qahramonlar va gʻayritabiiy uchrashuvlar mavjud: Jared Padaleki va Misha Kollins serialga qoʻshilishadi va Jensen Akles bilan qayta birlashadilar.

Serialning soʻnggi mavsumi 8-aprelda , mavsum finali esa 20-mayga namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling