Toshkentda “Gruziya kinosi kunlari” boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 1 379

Milliy kino san’ati saroyida 10−11 mart kunlari “Gruziya kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.
Kino kunlari doirasida tomoshabinlarga Gruziya kinematografiyasining mashhur filmlari namoyish etiladi.
Dastur:
10-mart — Ochilish marosimi
- 14:00−14:10 — Tadbirning ochilish marosimi va rasmiy chiqishlar;
- 14:15−14:25 — O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati, Gruziya Milliy kino markazi hamda Gruziya elchixonasi vakillari ishtirokida uchrashuv, norasmiy muloqot va suratga tushish jarayoni;
- 14:30−16:00 — Gruziya kinematografiyasining mashhur komedik filmi “Chudaqlar” (“Sherekilebi”) namoyishi;
11-mart — Filmlar namoyishi
- 14:30−14:55 — “To‘y” kinokomediya filmi (21 daqiqa);
- 15:00−15:20 — “Soyabon” filmi (18 daqiqa);
- 15:25−15:40 — “Musiqachilar” kinokomediya filmi (13 daqiqa).
Kirish bepul.