"Qattiqqoʻl xonim 2" filmining yangi tizeri e'lon qilindi

Sikvelda birinchi qismning asosiy aktyorlari o‘z rollariga qaytishdi.
20th Century Studios “Qattiqqoʻl xonim 2” filmining yangi tizerini taqdim etdi.
Miranda Pristli hamon “Runway” moda jurnalini boshqarishda davom etadi, biroq yangi qiyinchilikka duch keladi: bosma nashrlar sanoati inqirozni boshdan kechirmoqda. Ayni shu pallada uning hayotida Endi Saks yana paydo bo‘ladi. Endi yaltiroq jurnallar olamiga yangi maqomda qaytib, yana sobiq boshlig‘i bilan ishlashga majbur bo‘ladi.
Sikvelda birinchi qismning asosiy aktyorlari o‘z rollariga qaytishdi: Meril Strip (Miranda Pristli), Enn Heteuey (Endi Saks), Emili Blant (Emili Charlton) va Stenli Tuchchi (Neyjel). Sikvel rejissyori Devid Frenkel, ssenariyni esa 2006-yilgi birinchi film ustida ham ishlagan Alin Brosh Makkenna yozdi.
Premyera 1-mayga rejalashtirilgan.