Sarvar Karimovning "Farz" filmi premyera qilinadi
E’lon qilingan sana: · 226

Milliy kino san’ati saroyida 18-mart kuni soat 15:00 da rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan “Farz” nomli yangi badiiy filmning katta premyerasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kinokartinada nohaq ayblangan inson qismati haqida hikoya qilinadi.
Bundan tashqari, Sarvar Karimov Ochilbek Hamidov bilan birgalikda filmning ssenariy muallifi ham hisoblanadi. Bosh rollarni esa Matyoqub Matchanov, Tohir Saidov va Sayyora Yunusovalar ijro etgan.