Bahodir Jalolov haqidagi “Yengilmas — Tokioga yo‘l” filmi premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 549
Bahodir Jalolov haqidagi “Yengilmas — Tokioga yo‘l” filmi premyera qilinadi

3-aprel kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida bokschi Bahodir Jalolov hayoti va sportdagi g‘alabali yo‘liga bag‘ishlangan “Yengilmas — Tokioga yo‘l” nomli yangi film premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov ikki karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiada chempioni boʻlgan, shuningdek, bir necha bor Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan.

Ta’kidlanishicha, mazkur filmda mashhur bokschi Bahodir Jalolovning sportdagi mashaqqatli yo‘li, yutuqlari va buyuk maqsadlar sari qat’iy intilishi aks etgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling