Uchinchi "Dyuna" filmining treyleri e'lon qilindi

Warner Bros. va Legendary Pictures ilmiy-fantastik franshizaning davomi — Dune: Part Three filmining ilk to‘liq treylerini taqdim etdi. Kartina rejissyori Denis Villeneuve bo‘lib, u Pol Atreydes hikoyasini davom ettiradi.
Rasmiy sinopsisga ko‘ra, Dune: Messiah Pol Atreydes hukmronligi haqida hikoya qiladi. U o‘z hokimiyatining oqibatlari va yashirin fitnalar bilan yuzlashadi. Uning mesianik qiyofasi nafaqat imperiyani, balki o‘z shaxsiyatini ham yemira boshlaydi — natijada u najotkor obrazidan milliardlar taqdiriga ta’sir qiluvchi murakkab va xavfli shaxsga aylanadi. Treylerning muhim lahzalaridan biri — Dunkan Aydaho qaytishi, shuningdek yangi antagonist Skayteylning ilk paydo bo‘lishi bo‘lib, bu rolni Robert Pattinson ijro etgan.
Aktyorlar tarkibiga quyidagilar qaytgan: Timoti Shalamet (Pol Atreydes), Zendaya (Chani), Rebekka Fergyuson (Ledi Jessika), Florens Pyu (malika Irulan), Javier Bardem (Stilgar), Josh Brolin (Gurni Hallek), Anya Teylor-Joy (Aliya Atreydes) hamda Jeyson Mamoa (Dunkan Aydaho).
Loyihaga yana Denis Villnyov rejissyorlik qilmoqda. Saundtrek ustida esa yana Hans Zimmer ishlamoqda. Film Frank Herbertning “Dune Messiah” romaniga asoslangan bo‘lib, u siklning eng falsafiy va eng qorong‘i qismlaridan biri hisoblanadi.
Film dekabr oyidaprmeyera qilinadi va “Dune” hamda “Dune: Ikkinchi qism” filmlarida boshlangan asosiy syujet chizig‘ini yakunlaydi.