"Oʻrgimchak odam: mutlaqo yangi kun" filmining ilk treyleri e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 820

Marvel’ning muvaffaqiyatli loyihalaridan biri — “O‘rgimchak odam” filmining 4-qismi debyut treyleri paydo bo‘ldi. Ushbu film besh yil avval premyera qilingan “Uyga yo‘l yo‘q” voqealarining mantiqiy davomi bo‘ladi.
Unda Piter Parker (Tom Holland) doktor Strenjdan dunyoni O‘rgimchak odam ekanligini unutishga majbur qilishni so‘raydi. Bu ko‘p olamning kashf etilishiga va muqobil haqiqatlardan super yovuzlarning Parker dunyosiga kirishiga olib keladi. Rejissyor — Destin Daniel Kretton.
Tom Holland bilan birga filmda Zendeya va Jon Berntal paydo bo‘ladi. Yangi qahramonlardan birinining rolini Sedi Sink ijro etgan.
Film shu yilning 31-avgustida premyera qilinishi rejalashtirilgan.