"Uzuklar hukmdori" trilogiyasining toʻliq davomi suratga olinadi

"Oʻtmish soyalari" sarlavhasi ostidagi loyiha tomoshabinlarni "Qirolning qaytishi" voqealaridan yillar oʻtib, Oʻrta Yerga olib boradi.
Warner Bros. rasman Tolkien olamida suratga olinadigan yangi “Uzuklar hukmdori: Oʻtmish soyalari” filmini ishlab chiqishni boshladi. Loyiha franshizani kengaytirish doirasida amalga oshiriladi.
Syujet tomoshabinni “Qirolning qaytishi” voqealaridan yillar o‘tib, O‘rta yerga olib boradi. Voqealar markazida o‘z yoshlik yo‘llarini qayta bosib o‘tishga urinib, yangi sayohatga otlangan Sem, Merri va Pippin turadi. Bunga parallel ravishda Semning qizi Elanorning hikoyasi rivojlanadi va u Uzuklar urushi haqidagi uzoq yillardan beri yashirib kelingan sirni fosh etadi. “O‘tmish soyalari” sarlavhasi bevosita Tolkin mifologiyasining asosiy unsurlaridan biri — g‘alabadan keyin ham yovuzlik yo‘q bo‘lib ketmasdan, shunchaki o‘z shaklini o‘zgartiradi, degan g‘oyaga ishora qiladi.

Aktyorlarni tanlash tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda, ammo syujetni hisobga olgan holda, asl trilogiyadagi hobbitlarni oʻynagan aktyorlar qaytishi mumkin. Mashhur teleboshlovchi va Tolkienning uzoq yillik muxlisi Stiven Kolbert ssenariy yozmoqda. U “Uzuklar ittifoqi"ning ekranlashtirilmagan boblaridan, jumladan, Tom Bombadil, Keksa Tol va Mo‘zorqo‘rg‘on bilan bog‘liq lavhalardan ilhomlangan. Kolbert bu hikoya ustida franshiza faxriylari Filippa Boyens va Piter MakGi bilan birga ishlamoqda, prodyuserlik bilan esa asl kinotrilogiyani yaratgan Piter Jekson jamoasi shug‘ullanadi. Premyera sanasi hozircha noma’lum.
Shuningdek, “Hobbit” va “Uzuklar ittifoqi” oʻrtasidagi spin-off filmi boʻlgan “Gollumni ovi” filmi ustida ham ishlar jadal davom etmoqda. Aynan shu vaqtda Gandalf Aragornga “Yagona uzuk” haqidagi haqiqatni aniqlash uchun Gollumni topish vazifasini yuklaydi.
Film dunyo boʻylab 2027-yil 17-dekabrda premyera qilinadi.