Garri Potter serialining ilk tizeri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 184
Garri Potter serialining ilk tizeri taqdim etildi

HBO J. K. Rouling asarlari asosida suratga olinayotgan keng ko‘lamli talqi boʻlgan “Garri Potter” serialining ilk tizerini namoyish etdi.

Ikki daqiqadan ortiq davom etadigan tizerda yangi Xogvartsning ilk kadrlari, shuningdek, voqealar rivojining boshidagi asosiy sahnalar: Garrining Dursleylar xonadonidagi hayoti, Xagrid bilan uchrashuvi va sehrgarlar olamidagi ilk qadamlari ko‘rsatiladi.

Bosh rollarni Dominik Maklaflin (Garri Potter), Arabella Stenton (Germiona Greyndjer) va Alaster Stout (Ron Uizli) ijro etgan. Shuningdek, tizerda ilk bor katta yoshdagi qahramonlar ham ko‘rsatildi: Jon Litgou (Albus Dambldor), Janet Maktir (Minerva Makgonagall), Paapa Essiedu (Severus Sneyp) va Nik Frost (Rubeus Xagrid).

Birinchi mavsum “Garri Potter va hikmatlar toshi” romani asosida suratga olinadi va uzoq muddatli loyihaga asos soladi: HBO har bir kitob uchun bittadan mavsum ishlashni rejalashtirgan. Bu esa syujet va qahramonlarni filmlardagidan ancha chuqurroq ochib berish imkonini yaratadi. Serial shouranneri — Francheska Gardiner (“Succession”), rejissyorlardan biri esa Mark Maylod (“Game of Thornes”, “The last of us”).

Serial 25-dekabrdan HBO kanalida namoyish etila boshlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling