Amir Temur haqidagi "Ulug' Amir va Donna Mariya" filmining taqdimoti boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 340
Amir Temur haqidagi "Ulug' Amir va Donna Mariya" filmining taqdimoti boʻlib oʻtadi

Milliy kino san’ati saroyida 9-aprel kuni soat 18:00 da rejissyor Yolqin Toʻychiyevning “Ulug‘ Amir va Donna Mariya” tarixiy-badiiy filmining umummilliy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kinosaroy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, film buyuk sarkarda Amir Temurning Anqara jangidagi tarixiy g‘alabasi, Boyazid ustidan qozonilgan zafar va Yevropa ozodligiga yo‘l ochgan voqealarni badiiy talqinda yoritiladi.

Kinokartina markazida Donna Mariyaning taqdiri, uning ozodlik sari yo‘li hamda erkinlikning ramziy mazmuni aks ettirilgan. Ikki davrni bog‘lagan syujet orqali tarix, taqdir va avlodlar uzviyligi chuqur ochib beriladi.

Film ssenariy muallifi Xayriddin Sulton hisoblanadi. Asosiy rollardan biri boʻlgan Mariya obrazini braziliyalik aktrisa Jessika Mey gavdalantirgan. Kinoning ikkita syujet liniyasi boʻlib, biri Amir Temur davri, ikkinchisi esa zamonaviy davr haqida hikoya qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling