DC Studios "Supergirl" filmining yangi treylerini chiqardi

E’lon qilingan sana· 160
DC Studios "Supergirl" filmining yangi treylerini chiqardi

Syujet "Supergirl: Woman of Tomorrow" komiksiga asoslangan.

DC Studios “Supergirl” filmining yangi rasmiy treylerini taqdim etdi.

Film syujeti Kara Zor-El atrofida qurilgan bo‘lib, u hayotiga kutilmaganda kirib kelgan yosh oʻzga sayyoralik qiz Ruti Meri Nollning iltimosidan so‘ng kosmik sayohatga otlanadi. Qiz undan Sariq Tepaliklardan bo‘lgan Kremdan o‘z oilasining halokati uchun qasos olishda yordam berishni so‘raydi. Syujet Supergirl: Woman of Tomorrow komiksi asosida yaratilgan.

Film rejissyori — Kreyg Gillespi bo‘lib, u avval Kruella va Tonya hammaga qarshi filmlari bilan tanilgan. Bosh rolni Milli Olkok ijro etgan, Jeyson Momoa esa ilk bor to‘liq treylerda Lobo obrazida namoyon bo‘lgan.

Shuningdek, filmda Mattias Shonarts, Iv Ridli, Devid Kramxolts va Emili Bicham ham rol ijro etgan. Bundan tashqari, Devid Korensvet (Supermen) filmda Klark Kent rolida paydo bo‘ladi.

Film premyerasi 26-iyun kuni kinoteatrlarda va IMAXda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling