"Molxona" multfilmining soʻnggi treyleri chiqarildi

Multfilm Jorj Oruellning shu nomdagi hikoyasiga asoslangan.
Jorj Oruellning shu nomdagi romani asosida suratga olingan “Molxona"multfilmining yakuniy treyleri taqdim etildi.
Hikoya hali ham hayvonlarning odamlarga qarshi isyon koʻtarishi haqida boʻlsa-da, filmda fermaning kelajagi uchun turli xil tasavvurlar orasida qiynalayotgan Laki ismli yangi qahramon ham tasvirlangan.
Loyiha rejissyori Andy Serkis (“Venom 2”) bo‘lib, u ushbu talqin ustida ko‘p yillar davomida ishlagan. Uning “Molxona"ni suratga olish rejalari ilk bor 2010-yillarning boshlarida e’lon qilingan va loyiha shu vaqt ichida uzoq davom etgan ishlab chiqish jarayoni hamda distribyutorlarning bir necha bor almashishini boshidan kechirgan.Ssenariy muallifi esa Nikolas Stoller (“Muppets”).
Multfim premyerasi 1-mayga rejalashtirilgan.