"Qattiqqoʻl xonim 2" filmining soʻnggi treyleri chiqdi

E’lon qilingan sana· 211
"Qattiqqoʻl xonim 2" filmining soʻnggi treyleri chiqdi

20th Century Studios “Qattiqqoʻl xonim 2” filmining yakuniy treylerini taqdim etdi.

Syujet “Runway” nashrining obro‘siga tahdid solayotgan janjallar va Miranda Priestlining jurnalni saqlab qolishga urinishi atrofida qurilgan. Shu bilan birga, Andi Saks murakkab tanlov qarshisida qoladi: u Pristli haqida fosh etuvchi material yozishi mumkin, bu esa hech kimga tinch hayotni va’da qilmaydi.

Davom filmida yana Meril Strip, Enn Heteuey, Emili Blant va Stanli Tuchchi rollarni ijro etadi. Yangi rolikda studiya ilk bor Ledi Gaga va Doechii tomonidan aynan film uchun yozilgan “Runway” qo‘shig‘idan foydalangan.

Filmga yana rejissyor sifatida David Frankel, ssenariy muallifi sifatida Aline Brosh MakKenna va prodyuser sifatida Vendi Faynermen qaytdi.

Yangi aktyorlar tarkibiga Kennet Brana, Luci Liu, Jastin Teru, Simon Eshley hamda filmda kichik rol ijro etadigan Ledi Gaga ham qo‘shilgan.

Film premyerasi 30-aprel kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling