Aprelda Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi filmlar — 2026

E’lon qilingan sana· 326
Aprelda Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi filmlar — 2026

Kinoprokatda koʻrishga oson boʻlmagan filmlar paydo boʻladi. Odatiy romantikadan xoli qo‘rqinchli filmlar, yoqimsiz qahramonlar ishtirokidagi dramalar, noaniq qahramonlar haqidagi bayopiklar, hikoyani davom ettirishdan ko‘ra ko‘proq qayta talqin qilishga harakat qiladigan sikvellar shular jumlasidan. Aynan shuning uchun ham aprel repertuari ko‘pincha ko‘ringanidan ko‘ra qiziqarliroq bo‘ladi.

Mart oyi odatda hammaga yoqishga harakat qilsa, aprel oyi… harakat qilmaydi. Kinoprokatda koʻrishga oson boʻlmagan filmlar paydo boʻladi. Odatiy romantikadan xoli qo‘rqinchli filmlar, yoqimsiz qahramonlar ishtirokidagi dramalar, noaniq qahramonlar haqidagi bayopiklar, hikoyani davom ettirishdan ko‘ra ko‘proq qayta talqin qilishga harakat qiladigan sikvellar shular jumlasidan. Aynan shuning uchun ham aprel repertuari ko‘pincha ko‘ringanidan ko‘ra qiziqarliroq bo‘ladi.

Multfilm uchun yana “Illumination” (“Yaxshi boʻlish osonmi?”) va o‘sha jamoa: Aaron Xorvat va Maykl Jelenik javob beradi. Bu, albatta, muhim. Lekin loyiha biroz shubha uygʻotadi. Ular allaqachon nostalgiya va zamonaviy (zumercha) temp o‘rtasidagi muvozanat qanday ishlashini biladi.

Sinopsis: Bouzer ustidan g‘alaba qozonib, Bruklinni qutqargandan so‘ng, Mario endi Vario va kichik Bouzerning yovuz ittifoqiga duch keladi. Endi u do‘stlari va Yoshi bilan birgalikda ularning dunyo hukmronligini qo‘lga kiritish rejalariga to‘sqinlik qilishi kerak.


Loyihaga betaraf munosabatda bo‘lish qiyin. Bir tomondan, bu xalqaro jamoaga ega keng ko‘lamli tarixiy epos bo‘lsa, ikkinchi tomondan, eng ziddiyatli shaxslardan birini zamonaviy kino tili bilan hikoya qilishga urinishdir. Filmni rejissyor Jeykob Shvarts suratga olgan va u jang sahnalariga ham, qahramonning ichki ziddiyatiga ham e’tibor qaratgan. Bosh rolni esa amerikalik Kristian Mortensen ijro etgan. Temurning rafiqasi O‘ljoy rolini esa aktrisa Yulduz Rajabova oʻynagan. Qizig‘i shundaki, Oʻzbekistonda film “Amir Temur”, Kinopoiskda “Тамерлан”, G‘arbda esa “Rise of the Conqueror” deb nomlanadi… ammo loyiha G‘arb mahsuloti va mahalliy tarix o‘rtasida muvozanatni saqlashga harakat qiladi.

Sinopsis: 1360-yillar. Mintaqa uchun asosiy savdo-sotiq yoʻnalishi boʻlgan Buyuk ipak yoʻlida tartibsizliklar yuz bera boshlaydi. Unda Amir Temurning taxtgacha boʻlgan yoʻli haqida hikoya qilinadi. Buyuk hukmdor bu yoʻlda xiyonat, yo‘qotishlarga duch keladi va og‘ir jarohat oladi. Keyin esa Kayxusrav yordami bilan oʻziga keladi taxt uchun kurashni boshlaydi.


Hammasi oddiy, bu eng oddiy romantik komediya, ammo qiziqishni oshiradigan tafsilot bor. Film muhabbatni izlash haqida emas, balki u barbod bo‘lganidan keyingi hayot haqida. Bosh rolni deyarli unutilgan Kevin Jeyms o‘ynaydi. Shov-shuvli blokbasterlar fonida bu sokin, “hayratda qoldirish” ambitsiyasi boʻlmagan, lekin asosiy his-tuyg‘ularga qaratilgan kinodek ko‘rinadi.

Sinopsis: Mettning qaylig‘i Italiyada to‘y qilishni orzu qilardi va u buni rad eta olmadi. U katta oilaning parvozi, dabdabali marosim va asal oyi uchun pul to‘ladi, lekin rad javobini oldi. Ushbu vaziyatda nima qilishni bilmagan erkak yolg‘iz o‘zi ikki kishi uchun rejalashtirilgan sayohatga chiqadi.


A24, Zendaya, Pattinson va “Dream Scenario” filmi rejissyori Kristofer Borgli — yangi melodrama uchun ideal jamoa. Borgli allaqachon tomoshabin kutgan narsalarni buzishni yaxshi ko‘rishini ko‘rsatgan. Uning avvalgi filmlari odatda tushunarli g‘oyadan boshlanadi, keyin esa asta-sekin yanada bezovta qiluvchi va g‘alati narsaga aylanadi. Treylerga qaraganda, bu filmda ham xuddi shu tamoyil ishlaydiganga o‘xshaydi. Bu esa kinokartinaga boʻlgan qiziqishni yanada oshiradi.

Sinopsis: Charli va Emma bir-birini sevadi va tez orada turmush qurmoqchi. To‘y joyi tanlangan, taklifnomalar yuborilgan, uzoq kutilgan marosimgacha sanoqli kunlar qolgan. Ammo go‘yoki oddiy bir sir ochilishi hammasini ostin-ustin qiladi — Charli Emma haqida bilishni istamagan haqiqatni bilib qoladi. Endi “uzoq va baxtli hayot” sari yo‘lda ularning munosabatlari kutilmagan dramadan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.


Bu Jeki Chan ishtirokidagi “Panda operatsiyasi” filmining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi boʻlib, horror filmlar nomlari bilan qilinadigan marketing nayranglari qilinmagan. Jeki Chan yana o‘zini o‘zi ijro etadi va, ehtimol, bu yerda asosiy qiziqish panda yoki syujetda emas, balki aynan uning o‘zida: aktyor endi kadrda faqat ekshn qahramoni sifatida emas, balki qahramonlik — bir kun kelib voz kechishga to‘g‘ri keladigan rol ekanini tushunib yetgan inson sifatida namoyon bo‘ladi.

Sinopsis: Kung-fu ustasi Jekiga o‘zining yoqimtoy shogirdi — panda Syusyuni yangi volyerga ko‘chirish vazifasi topshiriladi. Ammo yo‘lda ularni o‘g‘rilar to‘dasi quvib yetadi. To‘qnashuv avjida Jeki qoyadan qulab tushadi va o‘ziga kelganida ibtidoiy qabila orasida bo‘ladi. Pandani qutqarish uchun jang san’ati yulduziga nafaqat yovvoyi qabiladagilar bilan til topishish, balki ularning ko‘plab muammolarini hal qilishga ham yordam berishga to‘g‘ri keladi.


Xoʻsh, bu sarguzasht haqida emas, arxeologiya haqida ham emas va, albatta, Brendan Freyzer haqida ham emas. Shu bilan birga, bu arzon taqlid ham emas, chunki film rejissyori — Li Kroninning o‘zi. Aynan uning shaxsi bu loyihaga e’tibor qaratishning asosiy sababidir. “Evil Dead Rise"dan keyin u xavfsiz filmlar bilan qiziqmayotgani aniq. Filmda u shunchaki Universal’ning mashhur maxluqini qayta yigʻmaydi, balki uning asl mifologiyasini oʻzgartiradi. Prodyuserlar orasida esa ikki mashhur Jeyms bor: James Van (“Saw”) va Blum (Blumhouse'ning deyarli barcha filmlari).

Sinopsis: jurnalistning kichkina qizi sahroda izsiz yo‘qoladi. Sakkiz yil o‘tib, parchalangan oila uning qaytib kelishidan larzaga tushadi, ammo bu uchrashuv quvonchi tez orada haqiqiy dahshatga aylanadi.


Bu — oldindan qanday munosabat bildirishni aniqlash qiyin bo‘lgan film. Uch xil variant bor. Bular, “Bohemian Rhapsody” darajasidagi loyiha bo‘lishi mumkin; yoki ancha koʻrishga oʻgʻir film boʻlishi mumkin, chunki qo‘shiqchining biografiyasi bunga imkon beradi; yoki rejissyor Antuan Fukua (“Training Day”, “The Equalizer”) filmni hissiz kinoga aylantirib qo‘yishi mumkin. Garchi uning filmlari odatda kuch, bosim va ichki konflikt haqida bo‘lsa-da, bu yondashuv Maykl Jekson shaxsiga qanday mos tushishi qiziq. Hozircha u qaysi yo‘nalishni tanlashi aniq emas. Har holda, premyerani kutamiz. Aytgancha, Maykl rolini uning jiyani — Jaafar Jekson ijro etgan.

Sinopsis: film amerikalik qo‘shiqchi, prodyuser va raqqos Maykl Jeksonning hayoti va ijodi haqida bo‘lib, uning faoliyati to‘rtta o‘n yillikni qamrab oladi.


Sikvelni yana o‘sha jamoa suratga olmoqda: rejissyor David Frankel va ssenariy muallifi Alina Brosh Makkena. Shu fakt uchun ham biroz yengil tortsa bo‘ladi. Ular bir marta allaqachon glamur va sinizmning balansini ushlashga muvaffaq bo‘lgan. Endi savol shundaki, 20 yil ichida ancha oʻzgarib ketgan dunyoda muvaffaqiyat yana takrorlanadimi? Kasting ham o‘zgarmagan. Bosh rollarda Meril Strip, Enn Xetuey, Emili Blanf va Stenli Tukkini koʻrish mumkin.

Sinopsis: Moda jurnalining muharriri Miranda Pristli o‘zining sobiq yordamchisi Emili Charlton bilan — hozirda raqobatchi nashr rahbari — reklama shartnomalari uchun kurashadi. Bosma OAV inqirozni boshdan kechirayotgan bir paytda, Miranda nafaqaga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling