"Rik va Morti" multserialining toʻqqizinchi mavsum treyleri chiqarildi
E’lon qilingan sana: · 87

Adult Swim “Rik va Morti” serialining to‘qqizinchi mavsumiga bag‘ishlangan rasmiy treylerni taqdim etdi.
Treylerga ko‘ra, serial yana o‘zining odatiy holatiga qaytadi: olamlararo sayohatlar, oilaviy tartibsizliklar, maxluqlar va bema’ni texnologiyalar. Rolikda shou avvalgi mavsumlar quvvatiga urg‘u berilgan, ammo formulasi o‘zgartirilmagan “multiolam jinniligining” navbatdagi qismi sifatida ko‘rsatilgan.
Jastin Royland loyihadan ketganidan so‘ng ham bosh qahramonlarga Ian Kardoni va Garri Belden ovoz berishda davom etmoqda.
Toʻqqizinchi mavsum 10 qismdan iborat boʻladi va premyera 24-may kuni Adult Swim telekanalida boʻlib oʻtadi.