"Hayot-mamot oʻyinlari: Hosil tongi" filmining toʻliq treyleri chiqarildi

E’lon qilingan sana· 90
"Hayot-mamot oʻyinlari: Hosil tongi" filmining toʻliq treyleri chiqarildi

Film asosiy hikoyaning prekveli boʻlib, Kitniss Everdin voqealaridan 24 yil oldin sodir boʻladi.

Lionsgate studiyasi Syuzan Kollinzning shu nomdagi romani asosida suratga olingan “Hayot-mamot oʻyinlari: Hosil tongi"(Hunger Games: Sunrise on the Reaping) filmining birinchi toʻliq treylerini taqdim etdi.

Syujet tomoshabinni 50-ochlik o‘yinlari — Ikkinchi Choraklik qatliom bo‘lib o‘tadigan Hosil yig‘imi kuniga olib boradi. Bu o‘yinlarda har bir okrug odatdagidan ikki baravar ko‘p tribut jo‘natishga majbur. Hikoya markazida yosh Heymitch Aberneti turadi.

Aktyorlar tarkibidan yosh Heymitch rolida Jozef Zada, shuningdek, Jessi Plemons, El Fanning, Kiran Kalkin, Makkenna Greys, Mayya Houk, Reyf Fayns va Glenn Klouz o‘rin olgan. Asosiy franshizadagi bir nechta filmlar ustida ishlagan Frensis Lourens rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Billi Rey yozgan.

Film dunyo boʻylab 20-noyabr kuni namoyish etiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling