Oʻzbekistonda "Her Way" qisqa metrajli filmlar tanlovi boshlandi

E’lon qilingan sana· 405
Oʻzbekistonda "Her Way" qisqa metrajli filmlar tanlovi boshlandi

Kino_Lab yoshlar ijtimoiy hamjamiyati litsey va maktab o‘quvchilari uchun Her Way nomli qisqa metrajli filmlar tanlovini e’lon qildi.

Her Way qisqa metrajli filmlar tanlovi — bu yoshlar orasida kino yaratish, aktyorlik mahorati, ssenariy yozish hamda vizual storytelling ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-ta'limiy festivaldir.

Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarning ijodiy salohiyatini ochish, o‘quvchilar orasida kinematografiyani ommalashtirish, shuningdek, ijtimoiy mavzularga san’at orqali ongli va hurmat bilan yondashish madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Tanlovda Toshkent shahridagi maktablarning 10−11-sinf o‘quvchilari hamda litseylarning 1−2-bosqich talabalari (16−17 yosh) ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov mavzulari:

  • “Uning hayotidagi bir kun”
  • “Odatda e’tibordan chetda qoladigan narsalar”
  • “Darsliklarda yozilmagan u haqida”
  • “Eshitilgan ovoz”
  • “Hech kim ishonmagan paytda”
  • “Uning kuchi — boshqacha”
  • “Kelajak ayoliga maktub”
  • “Hech kim aytmagan hikoya”
  • “Dunyo uning nigohi bilan”

Talablar:

  • film 4K formatda, gorizontal shaklda suratga olinishi kerak;
  • davomiyligi — 3 dan 5 daqiqagacha;
  • janri — badiiy (o‘yinli) film;
  • ish original bo‘lishi va mualliflik huquqlarini buzmasligi lozim;
  • filmda zo‘ravonlik, diskriminatsiya, propaganda, haqoratli so‘zlar, tamaki va alkogol mahsulotlari reklamasi, shuningdek jamiyatning axloqiy me’yorlariga zid yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzuvchi materiallar bo‘lishi taqiqlanadi.

Barcha talab va qoidalar havola orqali bilib olish mumkin.

Tanlov 15-aprel kuni start oladi. Ishtirok etish uchun jamoa ro‘yxatdan o‘tish formasini havola orqali to‘ldirishi kerak.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling