Toshkentda Maykl Jekson haqidagi “Maykl” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 684
Toshkentda Maykl Jekson haqidagi “Maykl” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

22-aprel kuni Toshkentdagi kinoteatrlarda Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” filmi namoyishi boʻlib oʻtadi.

Premyera “Magic Cinema”, “Compass Cinema”, “Riviera Cinema” va “Cinematica” kinoteatrlarida bo‘lib o‘tadi. Bu film afsonaviy pop qirolining hayoti va ijodini yorituvchi biografik drama hisoblanadi.

Film uchun chiptalarni Afisha.uz saytining “Kino” boʻlimi orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling