"Coyote vs. ACME" filmining ilk treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 839
"Coyote vs. ACME" filmining ilk treyleri e'lon qilindi

Film voqealari Looney Tunes olamida sodir boʻladi.

Warner Bros. va Ketchup Entertainment Coyote vs. Acme filmining ilk rasmiy treylerini taqdim etdi — bu Looney Tunes olamiga asoslangan, jonli ijro va animatsiyani uyg‘unlashtirgan komediya.

Koyot o‘nlab yillar davomida muvaffaqiyatsizliklar va nosoz qurilmalar tufayli olgan jarohatlaridan so‘ng Acme korporatsiyasini sudga berishga qaror qiladi. Bu qurilmalarni u doimiy ravishda Yo‘l yuguruvchini quvish jarayonida ishlatgan.U buning uchun advokat Kevin Eyverini yollaydi va ular birgalikda manfaatlarini korporativ yurist himoya qilayotgan qudratli kompaniyaga qarshi sud kurashini boshlaydi.

Filmda Uill Forte (“Saturday Night Live”), Jon Sena (“Peacemaker”), Lana Kondor (To All the Boys I’ve Loved Before) va Ton Bell rollarni ijro etgan. Rejissyor — Deyv Grin (“Power Rangers”).

Film premyerasi 28-avgustga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling