Maykl Jekson biopiki jahon prokatida rekord oʻrnatdi

Maykl Jekson haqidagi Antuan Fukua tomonidan suratga olingan biografik film jahon prokatiga tarixiy natija bilan kirib keldi. Ilk haftani oʻzida 217 million dollar daromad yig‘di.
Yilning eng muhim premyeralaridan biri sifatida tilga olinayotgan loyiha barcha biografik filmlar orasida eng yuqori startni qayd etdi va hatto Oppengeymer ($174 mln) rekordini ham ortda qoldirdi.
Film eng katta daromadni Shimoliy Amerikada qo‘lga kiritib, 97 million dollarni qayt etdi. Xalqaro bozorlar esa yana 120,3 million dollar olib kelib, loyihaga bo‘lgan global qiziqish yuqori ekanini tasdiqladi.
Hozircha bayopik 2026-yil premyeralari orasida faqat “The Super Mario Galaxy Movie” dan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Eslatib o‘tamiz, film Toshkentda 22-apreldan namoyishi boshlangan. Chiptalarni Afisha.uzda xarid qilish mumkin.