Sony “Jango va Zorro” krossover filmini suratga oladi

E’lon qilingan sana· 85
Sony “Jango va Zorro” krossover filmini suratga oladi

Loyiha Kventin Tarantino tomonidan Mett Vagner bilan hamkorlikda yozilgan shu nomdagi komiksga asoslangan.

Sony Pictures kompaniyasi Kventin Tarantinoning “Jango” filmidagi qahramonni va klassik Zorro obrazini birlashtirgan “Jango va Zorro” (Django/Zorro) krossover filmini ustida ishlashni boshladi. Loyiha Kventin Tarantino va Mett Vagner hammuallifligida 2014−2015-yillarda yozilgan ayni nomdagi komiksga asoslangan. Film ssenariysini “Oskar” mukofoti sovrindori Brayan Helgelend (“Секреты Лос-Анджелеса”, “Мистическая река”) yozmoqda. Tarantino loyihani ma’qullagan bo‘lsa-da, uning rejissori yoki ssenariynavisi sifatida ishtirok etmaydi.

Voqealar Jango ozod qilinganidan bir necha yil oʻtgach sodir boʻladi: Jango Frimen Amerika janubida jinoiy ta’qibini davom ettiradi va kutilmaganda Don Diego de la Vega — niqobli qasoskor Zorro bilan uchrashadi. Ularning uchrashuvi ittifoqqa aylanadi, unda turli ijtimoiy kelib chiqishi va jang uslublariga ega boʻlgan ikki qahramon zulm va mahalliy korruptsiya tizimiga qarshi birlashadi.

Loyiha 2019-yildan beri ishlab chiqilayotgan edi, biroq 2026-yilda qayta “yashil chiroq” yoqilgunga qadar bir necha bor kechiktirildi va hatto bekor qilingan deb ham hisoblandi. Filmga Jeymi Foks qaytishi kutilmoqda, ammo aktyorning ishtiroki hozircha rasman tasdiqlanmagan. Shuningdek, Zorro obrazi qayta ko‘rib chiqilishi va personajning yoshroq talqinda taqdim etilishi ehtimoli ham muhokama qilinmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling