"Ted Lasso" serialining toʻrtinchi mavsumi tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 81
"Ted Lasso" serialining toʻrtinchi mavsumi tizeri e'lon qilindi

Apple TV+ platformaning eng mashhur seriallaridan biri bo‘lgan “Ted Lasso” serialining to‘rtinchi mavsumining birinchi tizerini taqdim etdi.

Bosh qahramon Ted Richmondga qaytib, ikkinchi divizion ayollar futbol jamoasiga murabbiylik qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. U yangi jamoada odatiy usullar ishlamaydigan vaziyatga tushib qoladi, har bir qaror esa tavakkalchilik va komfort zonasidan chiqishni talab qiladi.

Asosiy qahramonlar Xanna Uoddingem, Juno Templ va Brett Goldshteyn oʻz rollariga qaytadi.

Serialning toʻrtinchi mavsumi premyerasi 5-avgustga belgilangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling