Enn Heteuey va Dakota Jonson qatnashgan navbatdagi filmning ilk tizeri taqdim etildi

E’lon qilingan sana· 226
Enn Heteuey va Dakota Jonson qatnashgan navbatdagi filmning ilk tizeri taqdim etildi

Bosh rollarni Enn Heteuey va Dakota Jonson ijro etishgan.

Amazon MGM Studios “It Ends with Us” va “Regretting You” kitoblari muallifi Kollin Huverning kitobi asosida yaratilgan “Verity” psixologik trillerining birinchi tizerini chiqardi.

Yosh yozuvchi Louen Eshli komadagi bestsellerlar muallifi Veriti Kroufordning so‘nggi kitobini yakunlab qo‘yish uchun yollanadi. Veritining uyida Louen uning eri bilan yaqinlashib, yozuvchining tugallanmagan va xavotirga to‘la qo‘lyozmasini topib oladi.

Film rejissyori — “The Idea of You” kartinasi bilan tanilgan Maykl Shouolter. Bosh rollarni Enn Heteuey, Dakota Jonson va Josh Hartnett ijro etgan.

Film premyerasi 2-oktabrga rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling