Qisqa metrajli oʻzbek filmi Kann shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivalda gʻolib boʻldi

E’lon qilingan sana· 134
Qisqa metrajli oʻzbek filmi Kann shahrida o‘tkazilgan xalqaro festivalda gʻolib  boʻldi

Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan 17-Xalqaro “Entre Deux Cannes” inklyuziv kinofestivalida oʻzbekistonlik ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi gran-pri sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan qisqa metrajli film — mehr, matonat va insoniylik haqida haqidagi hikoya hisoblanadi.

Kinokartina qahramoni Yusuf — daun sindromi bilan tug‘ilgan bola. Ammo uning qalbida cheksiz nur, musiqaga muhabbat va hayotga ishonch yashaydi. Onasi Zilola esa farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega ekanini isbotlash uchun kurashadi.

Filmning sahnalashtiruvchi rejissorlari sifatida Suhrob Qodirov va Dilshod Usmonov ishlagan.

“Entre Deux Cannes” — nogironlik, neyrodiverslik va insoniy xilma-xillik mavzulariga bag‘ishlangan badiiy hamda hujjatli filmlar ishtirok etadigan festival. Uning asosiy g‘oyasi imkoniyati cheklangan va sog‘lom insonlarni kino orqali birlashtirish hisoblanadi. U odatda asosiy Kann festivali bilan bir davrda va bir shaharda o‘tkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling